Birinchi qasoskor




Birinchi qasoskor (inglizcha: Captain America: The First Avenger ) 2011-yilda katta ekranlarga chiqqan, Marvel Comics nashriyotidan tushirilgan Kapitan Amerika qahramoniga asoslangan superqahramon janridagi AQSh filmi boʻlib, kartina Marvel Studios mahsuloti hamda Paramount Pictures tomonidan tarqatilgandir. Kartina Marvel kinematografiya koinoti (MKK) ning beshinchi toʻliq hajmli filmidir. Film rejissori Joe Johnston, ssenariynavislar Christopher Markus va Stephen McFeely boʻlib, kartinada bosh qahramonlarni Chris Evans (Steve Rogers / Kapitan Amerika sifatida), Tommy Lee Jones, Hugo Weaving, Hayley Atwell, Sebastian Stan, Dominic Cooper, Neal McDonough, Derek Luke va Stanley Tucci kabi aktyorlar jonlantirishgan.

Birinchi qasoskor filmi jahon premyerasi El Captain kinoteatrida 2011-yil 19-iyulda boʻlib oʻtdi, AQShda esa MKKning Birinchi fazasidagi bir film oʻlaroq 22-iyuldan boshlab kinoteatrlarda namoyish etila boshladi. Film umumjahon boʻylab $370 million mablagʻ yigʻdi. Bugungi lekin ushbu kartinaning davomi sanalmish ikki film chiqarilgan: Birinchi qasoskor: Qish askari (2014) va Birinchi qasoskor: Qarshilik (2016).

Rollarda




Musiqasi



Treklar roʻyxati



Roʻyxatda keltirilgan treklarning barchasining musiqasini Alan Silvestri yaratgan.

Relizi



Manba : IMDb

Kelajak



Sikvellar




Birinchi qasoskor: Qish askari

Birinchi qasoskor: Qish askari filmi jahon premyerasi Los Angelesda 2014-yil 13-martda boʻlib oʻtdi, AQShda esa MKKning Ikkinchi fazasidagi bir film oʻlaroq 4-apreldan boshlab kinoteatrlarda namoyish etila boshladi. Film rejissorlari Anthony va Joe Russo, ssenariynavislar Christopher Markus va Stephen McFeely boʻlib, kartinada bosh qahramonlarni Chris Evans (Steve Rogers / Kapitan Amerika sifatida), Scarlett Johansson, Sebastian Stan, Anthony Mackie, Cobie Smulders, Frank Grillo, Emily VanCamp, Hayley Atwell, Robert Redford va Samuel L. Jackson kabi aktyorlar jonlantirishgan.

Birinchi qasoskor: Qarshilik

Birinchi qasoskor: Qarshilik filmi jahon premyerasi Los Angelesda 2016-yil 12-aprelda boʻlib oʻtdi. Film rejissorlari Anthony va Joe Russo, ssenariynavislar Christopher Markus va Stephen McFeely boʻlib, kartinada bosh qahramonlarni Chris Evans (Steve Rogers / Kapitan Amerika sifatida), Robert Downey Jr., Scarlett Johansson, Sebastian Stan, Anthony Mackie, Don Cheadle, Jeremy Renner, Chadwick Boseman, Paul Bettany, Elizabeth Olsen, Paul Rudd, Emily VanCamp, Tom Holland, Frank Grillo, William Hurt va Daniel Brühl kabi aktyorlar jonlantirishgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz