BIRINCHI KOSMIK TEZLIK



BIRINCHI KOSMIK TEZLIK — osmon jismi (masalan, yer)ning gravitatsiya (tortish) maydonidagi jism (masalan, kosmik kema) sun’iy yo’ldoshga aylanishi uchun unga berish lozim bo’lgan eng kichik boshlang’ich tezlik. Turli balandliklar uchun har xil bo’ladi. Doiraviy tezlikka teng qilib olinishi kerak. Yer sirtida (atmosfera bo’lmagan holda) Birinchi kosmik tezlik 7,91 kilometr/sekundga teng.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz