Birinchi ka’bapo’sh




Birinchi ka’bapo‘sh - Ka’bapo‘sh - yopinchiq. Manbalarda Ka’bani yopintirish ilk bor Yaman podshosi Tubba’ II As’ad Abu Karibning shimolga, Makka va Yasrib tomonga bostirib kelishi munosabati bilan tilga olinadi. Bosqinchilik niyati bilan kelgan Tubba’ II yasriblik oqsoqol yahudiy olimning nasihatlari bilan o‘zgarib, Makkadagi Alloh uyiga - Baytullohning ustini kisva-yopinchiq bilan o‘raydi. Biroq tush ko‘rsa, alohida mehr bilan va yanada yaxshiroq mato bilan o‘rayotgan ekan, uyg‘onib shunday qiladi: Ka’bani a’lo mato- yaman shoyisi bilan yopintiradi.
Bu masalada yana bir voqea diqqatga sazovor. Abdulmuttalib ibn Hoshimning ayoli Nutayla kunlarning birida o‘gli Abbosni yo‘qotib qo‘yadi va “Agar o‘g‘limni omon-eson topsam, Alloh uyini ipak bilan kiyintiraman” deb ont ichadi. Abbos topilgach, shunday qilgani rivoyatda keltirilgan.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz