BIRINCHI BULG’OR PODSHOLIGI
BIRINCHI BULG’OR PODSHOLIGI — Bolqon yarim orolining shimolda mavjud bo’lgan ilk slavyan-bulg’or davlati (681— 1018). Kds. bulg’or qabilalari Asparux yetakchiligida 7 slavyan qabila ittifoqini tobe qilib, ular istiqomat qilgan hududlarni Vizantiya asoratidan xalos etgach, tashkil topgan. Poytaxti— Pliska shahri, 893 yildan — Preslav shahri Bulg’orlar 865 yil xristian dinini qabul qilishgan. Simeon shoh davrida yuksak darajada kuch-qudratga erishgan. 969 yil Sharqiy va G’arbiy bulg’or podsholigiga bo’linib ketgan. 1018 yil Vizantiya tomonidan zabt etilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz