Birikkan egizaklar (Siam egizaklari)




Birikkan egizaklar (baʼzida xalq orasida Siam egizaklari deb ham ataladi) — bachadonda qoʻshilgan egizaklar. Juda kam uchraydigan mazkur hodisa 49 000 tadan 189 000 ta tugʻilish holatida atigi 1 ta kuzatiladi. Janubi-gʻarbiy Osiyo va Afrikada koʻrsatkichlar birmuncha yuqoriroq. Siam egizaklarining yarmi oʻlik tugʻiladi va yana uchdan bir qismi 24 soat ichida vafot etadi. Tirik tugʻilgan bunday egizaklarning katta qismi ayol jinsli boʻlib, ularning nisbati 3:1 ni tashkil qiladi.

Birlashgan egizaklarning kelib chiqishini tushuntirish uchun ikkita nazariya mavjud. Jamoatchilik tomonidan nisbatan kengroq qabul qilingan nazariya boʻlinish nazariyasi boʻlib, unda urugʻlangan tuxum qisman boʻlinadi. Endilikda Siam egizaklarining kelib chiqishi sababi deya hisoblanmotgan boshqa nazariya sintez nazariyasi bo‘lib, unda urug‘langan tuxum butunlay ajraladi, ammo ildiz hujayralari (o‘xshash hujayralarni qidiradi) boshqa egizakda o‘xshash ildiz hujayralarini topadi va ularni birlashtiradi. Birlashgan egizaklar bitta umumiy xorion, platsenta va amniotik qopga ega boʻlishadi. Shuningdek, bu xususiyatlar faqatgina birlashgan egizaklarga xos emas, chunki baʼzi monozigotik, ammo qoʻshilmagan egizaklar ham bachadonda ham bu tuzilmalarni baham koʻradilar.

Chang va Eng Bunker (1811-1874) Siamda (hozirgi Tailand) tugʻilgan aka-uka birlashgan egizaklar edilar. Ular koʻp yillar davomida bir qancha sayohatlarni amalga oshirdilar va „Siam egizaklari“ degan nom oldilar. Chang va Englarning anomaliyasi qorin qismidan birlashib ketgan mushak, pay va umumiy jigarni oʻz ichiga olardi. Zamonaviy davrda ularni osongina ajratish mumkin edi. Mazkur aka-ukalarning shon-shuhratlari va kamdan-kam uchraydigan holati tufayli „Siam egizaklari“ atamasi birikkan egizaklar atamasining sinonimi kabi boʻlib qoldi.

Sabablari



Birlashgan egizaklarning nima sababdan bunday tarzda rivojlanishini asoslashga harakat qiladigan ikkita nazariya mavjud. Birinchi nazariyaga koʻra bitta urugʻlantirilgan tuxum bir xil egizaklarni shakllantirish jarayonida toʻliq boʻlinmaydi. Agar zigota boʻlinishi embrion diskning rivojlanishidan ikki hafta oʻtgach sodir boʻlsa, bu birlashgan egizaklarning shakllanishiga olib keladi. Ikkinchi nazariyaga koʻra ikkita urugʻlangan tuxumning qoʻshilishi rivojlanish davrida sodir boʻladi.

Primitiv tugun va primitiv chiziqning qisman boʻlinishi birlashgan egizaklarning shakllanishiga olib kelishi mumkin. Bu egizaklar birlashishning tabiati va darajasiga koʻra tasniflanadi. Baʼzida monozigot egizaklar faqat umumiy teri koʻprigi yoki umumiy jigar koʻprigi bilan bogʻlanadi. Dunyoga kelgan egizaklarning turi tugun va chiziqning anomaliyalari qachon va qay darajada sodir boʻlganiga bogʻliq. Goosekoid goosekoid gomeobox oqsili (GSC) kabi genlarning notoʻgʻri ifodalanishi ham egizaklarning birlashishiga olib kelishi mumkin. GSC BMP4 ingibitorlarini faollashtiradi va bosh miyaning rivojlanishini tartibga solishda yordam beradi. Laboratoriya hayvonlarida bu genning haddan tashqari yoki kam ifodalanishi boshning ogʻir malformatsiyasiga, shu jumladan, birlashgan egizaklarning ayrim turlariga oʻxshash dublikatsiyalarga olib keladi.

Turlari



Birlashgan egizaklar, odatda, ularning tanalari birlashgan nuqtaga qarab tasniflanadi. Bunday egizaklarning eng keng tarqalgan turlari quyidagilar:

Birlashgan egizaklarning boshqa kamroq tarqalgan turlariga quyidagilar kiradi:

Boshqaruv



Birikkan egizaklarni ajratish



Birikkan egizaklarni ajratish boʻyicha jarrohlik amaliyoti birikish nuqtasiga va umumiy ichki organlar holatiga qarab juda osondan juda qiyin darajagacha boʻlishi mumkin. Koʻpgina ajratilish jarayonlari hayot uchun juda xavflidir. Koʻpgina hollarda operatsiya egizaklardan biri yoki ikkalasining oʻlimiga olib keladi, ayniqsa ular bosh orqali birlashtirilgan yoki umumiy muhim organga ega boʻlsalar. Bu esa jarrohlik yoʻli bilan ajratilish etikasini, yaʼni egizaklar ajratilmagan taqdirda ham omon qolishi mumkin boʻlgan etikani bahsli holatga aylantiradi. Shimoli-gʻarbiy universiteti xodimi Alice Dreger Siam egizaklarining hayot sifati odatda taxmin qilinganidan yuqori boʻlishini aniqladi. Lori va George Schappell, Abby va Brittany Hensellar diqqatga sazovor misollardir.

Birlashgan egizaklarni ajratish boʻyicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot 900-yillarda Vizantiya imperiyasida sodir boʻlgan. Egizaklardan biri allaqachon vafot etgan edi, shuning uchun shahar shifokorlari oʻlgan egizakni tirik qolgan egizakdan ajratishga harakat qiladilar. Natija qisman muvaffaqiyatli boʻlgan, chunki ajratilgan egizak amaliyotdan keyin uch kun yashagan. Navbatdagi birikkan egizaklarni ajratish amaliyoti oradan bir necha asr oʻtib, 1689-yilda Germaniyada qayd etilgan. Qoʻshilgan egizaklarning birinchi muvaffaqiyatli ajratilishi 1689-yilda Johannes Fatio tomonidan amalga oshirilgan. 1955-yilda neyroxirurg Harold Voris (1902-1980) va uning Chikagodagi Mersi kasalxonasidagi jamoasi kraniopagus egizaklarini (boshida birikkan) ajratish boʻyicha birinchi muvaffaqiyatli operatsiyani oʻtkazdilar, buning natijasida ajratilgan egizaklarning har ikkisi ham uzoq muddat omon qolishdi. 1963-yilda kattaroq egizak qizning normal rivojlanayotgani haqida xabar berilgan, ammo kichikrogʻi umrbod nogiron boʻlib qolgan.

1957-yilda Bertram Katz va uning jarrohlik guruhi xalqaro tibbiyot tarixida muhim hodisaga qoʻl urdilar va dunyodagi birinchi muhim umumiy organga ega boʻlgan Siam egizaklarni muvaffaqiyatli ajradilar. Omphalopagus egizaklari Jon Nelson va James Edward Freeman (Johnny va Jimmy) 1956-yil 27-aprelda Ogayo shtatining Youngstaun shahrida tugʻilgan. Bu oʻgʻil bolalarning jigari umumiy, ammo yuraklari alohida edi. Ular Bertram Katz tomonidan Youngstaun shahridagi North Side kasalxonasida muvaffaqiyatli ajratildilar. Operatsiya Ogayo shtatidagi nogiron bolalarga xizmat ko‘rsatish jamiyati tomonidan moliyalashtirilgan.

Yaqin yillardagi Siam egizaklarining muvaffaqiyatli ajratilishi amaliyoti 2000-yilda Katmanduda (Nepal) tugʻilgan Ganga va Jamuna Shreshtalarning 2001-yilda ajratilishi bilan bogʻliq. Singapurda oʻtkazilgankraniopagus egizaklarining 97 soatlik operatsiyasi muhim voqea boʻldi; jamoani neyroxirurglar Chumpon Chan va Keith Gohlar boshqargan. Jarrohlik natijasida Ganganing miyasi shikastlangan va Jamuna yura olmay qolgan. Oradan yetti yil oʻtib 2009-yil iyul oyida Ganga Shreshta Katmandudagi Model kasalxonasida sakkiz yoshida ogʻir koʻkrak infeksiyasini davolash uchun qabul qilinganidan uch kun oʻtib vafot etdi.

Maltalik birlashgan egizak chaqaloqlar Rose va Grace Attard ota-onalari Michaelangelo va Rina Attardlarning diniy eʼtirozlari tufayli Buyuk Britaniyada sud qarori bilan ajratildilar. Egizaklar pastki qorin va umurtqa pogʻonasida birlashib ketgan edilar. Operatsiya 2000-yil noyabr oyida Manchesterdagi Sent-Meri kasalxonasida boʻlib oʻtdi. Mazkur operatsiya munozarali edi, chunki kuchsizroq egizak Rose (uning yuragi va oʻpkasi Gracenikiga bogʻliq edi) operatsiya natijasida vafot etadi. Biroq, agar operatsiya oʻtkazilmaganida, ikkala egizak ham halok boʻlishi muqarrar edi. Grace oddiy bolalikdan zavqlanish uchun tirik qoladi.

2003-yilda jarrohlarning operatsiya bitta yoki ikkala egizakning ham oʻlimiga olib kelishi mumkinligi haqidagi ogohlantirishlariga qaramay boshidan birlashib ketgan, ammo miyalari alohida (kraniopagus) boʻlgan eronlik 29 yoshli ikki ayol Ladan va Laleh Bijanilar jarrohlik yoʻli bilan ajratildilar. Ularning murakkab ishi texnologik jihatdan ilgʻor grafik tasvirlar va modellashtirish tibbiy guruhga xavfli operatsiyani rejalashtirish imkonini berganligi sababli qabul qilindi. Ammo operatsiya davomida skanerda koʻrinmagan, aniqlanmagan katta tomir aniqlandi. Ajratilish tugallandi, ammo ikkala ayol ham operatsiya paytida vafot etdi.

2019-yilda Safa va Marwa Ullah Angliyaning London shahridagi Great Ormond Street kasalxonasida ajratildilar. 2017-yil yanvar oyida tugʻilgan mazkur egizaklar boshning tepasida alohida miya va bir-biriga qarama-qarshi yoʻnalishdagi silindrsimon umumiy bosh suyagi bilan birlashgan edilar. Operatsiyani neyroxirurg Owase Jeelani va plastik jarroh professor David Dunawaylar birgalikda olib borishdi. Bir qator umumiy tomirlar va qizlarning miyasi shaklining buzilishi, ularning bir-birining ustida joylashganligi sababli operatsiyada muayyan qiyinchiliklar yuzaga keldi. Ajratishni davom ettirish uchun buzilishni tuzatish kerak boʻldi. Amaliyotda biomuhandislar, 3D modelerlar va 100 dan ortiq virtual reallik dizayneridan iborat jamoa ishtirok etdi. Ajratilish 2019-yil fevral oyida uchta alohida operatsiyadan iborat jami 52 soatlik jarrohlik amaliyotidan soʻng yakunlandi. 2019-yil iyul oyi holatiga koʻra, ikkala qiz ham sogʻlom boʻlib, ular 2020-yilda Pokistondagi uylariga qaytishni rejalashtirgan.

Tarix




Qadimgi Peruning Moche madaniyati eramizdan avvalgi 300 yilga oid sopol buyumlarida birlashgan egizaklarni tasvirlagan. Miloddan avvalgi 415-yillarda yozilgan St. Augustine of Hipponing „Xudo shahri“ kitobida „yuqorisi qoʻsh, lekin pastki yarmi yakka — ikkita boshi, ikkita koʻkragi, toʻrtta qoʻli, lekin bir tanasi va ikki oyogʻi“ boʻlgan odam tasviri kelgan.

XIX asrda yashagan Vizantiya tarixchisi Theophanes the Confessorning soʻzlariga koʻra, taxminan milodiy 385-386-yillarda Falastinning Emmaus qishlogʻida shunday bola tugʻilgan. Goʻdak kindik ostidadan mutlaqo normal tugʻilgan, lekin uning ikki boshi (ularning har biri sezgilarga ega boʻlgan) va ikki koʻkrak qafasi bor edi. „Ulardan biri yeb-ichardi, ikkinchisi yemas; biri uxlar, ikkinchisi esa hushyor edi. Ularning bir-birlari bilan oʻynagan paytlari ham boʻlgan, ikkalasi ham yigʻlab, bir-birini urishgan. Ular ikki yildan sal koʻproq yashashdi. Biri vafot etdi, ikkinchisi esa yana toʻrt kun yashadi va u ham oʻldi“.

Arabistonda egizak aka-uka Hashim ibn Abd Manaf va 'Abd Shamslar dunyoga keldilar. Hashimning oyog‘i egizak akasining boshiga yopishgan holda tug‘ilgan. Rivoyatda aytilishicha, ularning otasi Abd Manaf ibn Qusai oʻzining qoʻshilgan oʻgʻillarini qilich bilan ajratgan va baʼzi ruhoniylar oʻrtada oqayotgan qon ularning avlodlari oʻrtasidagi urushlarni bildiradi, deb ishonishgan (hijriy 750-yilda Banu al’Abbas va Banu Ummaya ibn 'Abd Shamslar oʻrtasida toʻqnashuvlar boʻlgan). Musulmon polimati Abu ar-Rayhon al-Beruniy o‘zining „Kitob-al-Saydana“ kitobida qo‘shilgan egizaklarni tasvirlab bergan.

Ingliz egizak opa-singillari Mary va Eliza Chulkhurst orqa tomondan birlashgan (pigopagus) boʻlishgan. Ular 1100-dan 1134-yilgacha (yoki 1500-dan 1534-yilgacha) yashashgan va, ehtimol, birikkan egizaklarning eng mashhur tarixiy namunasi boʻlishgan. Yana bir mashhur birikkan egizaklar shotlandiyalik aka-ukalar (1460-1488) boʻlib, ular goʻyoki dicephalus (asosan bir tanada ikkita bosh boʻlishi) turiga mansub boʻlishgan; monastirga yashash uchun yuborilgunga qadar musiqa sohasidagi qisqa martabadan zavqlangan vengriyalik pigopagus Helen va Judithlar (1701-1723) va 1829-yilda tugʻilgan Sardiniyalik tetrabrachius (toʻrt qoʻlli, bir tanali) egizak Parodi Rita va Cristinalar ham mashhurdirlar. Rita va Cristina sakkiz oyligida vafot etganlar. Ota-onalari ularni Parijda koʻrgazmaga qoʻyishgan, ular katta qiziqish uygʻotishgan.

XIX asrda bir nechta birikkan egizaklar yashab, oʻzlari uchun sahna sanʼatida martaba yaratdilar, ammo ularning hech biri Chang va Eng kabi shon-sharaf va boylikka erisha olmadi. Eng mashhur pigopagus egizaklar Millie va Christine McCoy (yoki McKoy) 1851-yilda Shimoliy Karolinada qullikda tugʻilganlar. Ular tugʻilganda shoumen J.P. Smithga sotilgan, ammo tez orada raqib shoumen tomonidan oʻgʻirlab ketilgan. Oʻgʻirlab ketuvchi Angliyaga qochib ketadi, ammo qullikning oldi olinadi, chunki Angliya allaqachon qullik taqiqlab qoʻyilgan edi. Smith qizlarni olish uchun Angliyaga yoʻl oladi va oʻzi bilan ularning onasi Monimiani olib keladi. Smith rafiqasi bilan egizaklarga taʼlim berib, ularga besh tilda gapirish, musiqa chalish va qo‘shiq aytishni o‘rgatgan. Hayotining keyingi davrida egizaklar „Ikki boshli bulbul“ sifatida muvaffaqiyat qozonishdi va Barnum sirkida koʻrinish berishdi. 1912-yilda ular sil kasalligidan bir-birlaridan 17 soatlik farq bilan vafot etdilar.

Italiyaning Lokana shahridan boʻlgan Giovanni va Giacomo Toccilar Mark Twainning „Oʻsha gʻayrioddiy egizaklar“ qissasida xayoliy egizaklar Angelo and Luigi sifatida abadiylashtirildilar. 1877-yilda tugʻilgan Toccilar dicephalus tetrabrachius egizaklari boʻlib, ularning ikkita oyogʻi, ikkita boshi va toʻrtta qoʻli, bitta umumiy tanasi bor edi. Tugʻilganidan boshlab ular ota-onalari tomonidan mashq bajarishga majbur qilinganlar, biroq hech qachon yurishni oʻrganmaganlar, chunki har bir egizak bir oyoqni boshqargan (zamonaviy davrda fizioterapiya Toccilar kabi egizaklarga mustaqil ravishda yurishni oʻrganishga imkon beradi). Ular shou-biznesni yoqtirmaganlari aytiladi. 1886-yilda Qoʻshma Shtatlar boʻylab gastrol safaridan soʻng egizaklar oilasi bilan Yevropaga qaytib kelishadi. Garchi baʼzi manbalarda 1940-yilgacha Italiyada yolgʻiz yashab omon qolishganliklari haqidagi qaydlar uchrasa-da, ular oʻsha paytda vafot etganlar deb ishoniladi.

Taniqli shaxslar



XIX asr va undan oldin tugʻilganlar




XX asrda tugʻilganlar




21-asrda tugʻilganlar




Madaniy hayotda



Birikkan egizaklar bir nechta diqqatga sazovor koʻngilochar hodisalarning diqqat markazida boʻlgan, jumladan:

Oʻzbekistonda Siam egizaklari



2012-yilda Andijon viloyatida Fotima va Zuhra Holiyevalar dunyoga kelgan. Hozirda 9 yoshda bo‘lgan egizaklar 2017-yil Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Nogironligi bo‘lgan shaxslar muruvvat bolalar uyiga olib kelingan.

2021-yil 24-fevral kuni O‘zbekistonda Siam egizaklari dunyoga kelgani haqida xabar tarqaldi. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Bolalikni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i Nilufar Mansurova bu davrda respublikadagi birorta tug‘ruq muassasasida bunday chaqaloq tug‘ilgani qayd etilmaganini maʼlum qilgan.

2020-yil 27-iyun kuni Samarqand viloyatida ikki boshli chaqaloq dunyoga kelganligi haqida xabar berildi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatiga egizaklar 6-iyul kuni vafot etganligini xabar berdi.

Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz