BIR YILLIK EKINLAR
BIR YILLIK EKINLAR — rivojlanish tsikli (urug’i ekilgandan to yangi urug’ yetilguncha bo’lgan davr)ni bir yilda tugallaydigan o’simliklar. Bularga dukkaklilar, g’alladon ekinlari, pomidor, baklajon, qalampir, ismaloq, salat va boshqalar kiradi. Bir yillik ekinlar, asosan, o’tsimon bo’lib, mevalari (urug’i) pishib yetilgandan so’ng poya va palaklari quriydi. Ayrimlarini iqlim sharoitiga qarab ko’p yillik ekin sifatida o’stirish ham mumkin. Masalan, pomidor tropik rayonlarda ko’p yillik o’simlik sifatida ekiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz