Bir tomonlama akt




Bir tomonlama akt  — xalqaro huquq sub’ekti tomonidan bir tomonlama amalga oshirilayotgan va xalqaro-huquqiy ahamiyatga ega boʻlgan xatti-harakat. Yuridik bir tomonlama akt faqatgina davlatlarning shunday xohish-istaklari va xatti-harakatlari hisoblanadiki, unga muvofiq xalqaro huquq huquqiy oqibatlari kelib chiqadi, yaʼni xalqaro huquqqa koʻra yuridik akt yuzaga keladi. Bir tomonlama akt belgilangan ahamiyatga ega boʻlish uchun: xohish-istak har doim xalqaro-huquqiy oqibatlarning yuzaga kelishiga qaratilgan boʻlishi lozim, modomiki, xalqaro huquq sub’ektining har qanday bir tomonlama akti ham bunday oqibatni keltirib chiqaravermaydi.
Shuni taʼkidlab oʻtish lozimlo, xalqaro-huquqiy normalar mavjud boʻlishi lozim, ular asosida yoki ular bilan bogʻliq ravishda tegishli yuridik akt yuzaga keladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz