Bir maʼnolilik
Monosemiya "bir ma'noli" degan ma'noni anglatadi va birinchi navbatda leksik semantik tahlil uchun uslub hisoblanadi.U tilning turli qatlamlarida keng qo'llanilishi mumkin.
Yaratuvchi
Bir nechta nishonalarga qaramasdan, monosemiya ustida nazariy model sifatida transformatsion-generativ tilshunos bo'lgan Charlz Rul tomonidan eng ko'p ishlab chiqilgan .
Prinsiplar
Monosemiya tahlil qilish metodologiyasi sifatida deyarli barcha polisemiya holatlaridagi (qaysiki so'z bir nechta ma'noga ega deb tushuniladigan) taxmin qilingan ma'nolarni farqlash uchun kontekstni talab qilishini tan olishga asoslanadi.
Kontekst har qanday ko'p ma'noli ma'noning ajralmas qismi bo'lganligi uchun Rul ma'nodagi o'zgarishlarni so'zning o'zida emas, balki kontekstda joylashgan joyini aniqlash yaxshiroq ekanligini aytib o'tadi. Uollis Rid esa shuni ko'rsatdiki, ko'p ma'noli ta'rif aslida kontekstda yo'q bo'lgan boshqa ma'lumotni qo'shmaydi, shu sababli ko'p ma'noli ta'rif kontekstning ta'siri "nazorat qilinadigan" (ya'ni tizimli ravishda ta'rifdan ajratilgan) monosematik ta'rif kabi informativdir.
Monosemik tahlil shuni ko'rsatadiki, belgilar tizimidagi har qanday turdagi belgi uning diaxronik tarixidan kelib chiqadigan substansiya va uning paradigmasi doirasidagi bitta qiymatni anglatadi.[5] Ba'zida shunday holatlar mavjud bo'ladiki, so'z, darhaqiqat, ikkita ma'noga ega bo'lib, ularni birma-bir, mavhumroq ma'no ostida olib bo'lmaydi, ammo ular omonimiya misollari sifatida yaxshiroq tushuniladi.
Oxirgi tadqiqotlar
Monosemiya Kolumbiya tilshunoslik maktabi tadqiqotida kognitiv tilshunoslik sohalarida va qadimgi yunon tilida bo'lgan tadqiqotlarda ishlatilgan.
Monosemiya haqidagi boshqa tushunchalar
Monosemiya tilning atributi sifatida ham tushunilishi mumkin (garchi bu Charlz Rul nazariyasida aniq aytilmagan bo'lsa ham), ya'ni tilda semantik noaniqlikning yo'qligi ma`nosida. Sun'iy til Lojban hamda uning o'tmishdoshi Loglan monosematik tillarni yaratishga urinishlarni bayon etadi. Monosemiya tarjima va semantik hisoblash uchun muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek qaraladi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org