BIR HUJAYRALILAR — tanasi bitta hujayradan iborat organizmlar. Prokariotlar va eukariotlarga bo’linadi. Prokariotlar (bakteriyalar, viruslar va ko’k-yashil suv o’tlari, ya’ni tsianobakteriyalar) da yadrosi bo’lmaydi. Eukariotlar (bir hujayrali yashil va boshqa suv utlari, bir hujayrali hayvonlar) esa mitotik usulda bo’linadigan hujayra yadrosiga ega. Bir hujayrali eukariotlar tuzilishi va organoidlar majmui jihatidan ko’p hujayrali organizmlarning hujayralariga o’xshaydi. Lekin, fiziologik jihatdan bir butun organizm bo’lishi, ya’ni ko’p hujayrali organizmlar bajaradigan barcha funktsiyalarga ega bo’lishi bilan farq qiladi. Bir hujayralilar orasida sodda tuzilgan (xlorellalar, amyobalar) bilan bir qatorda juda murakkab tuzilganlari (atsetabulyarilar, infuzoriyalar) ham bor. Ko’pchilik Bir hujayralilar koloniya hosil qiladi. Bir hujayralilardan ko’p xujayrali organizmlar kelib chiqqan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish