Biotit




Biotit — slyudalar guruhiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi K (Mg, Fe)3[AlSi3)(OH F)2. Mineral fransuz olimi J. B. Bio nomiga qoʻyilgan. Olti qirrali, yaxshi shakllangan, taxlangan varaqilarga oʻxshash agregatlar hosil qiladi. Rangi qora, qoʻngʻir, yashilsimon qoʻngʻir. Shishasimon yaltiroq. Qattiqligi 2,5—3,5. S. ogʻ. 2,7—3,3. Kattaligi 7 m² gacha keladigan kristallari pegmatit tomirlarda uchraydi. Otqindi va metamorfik jinslar orasida tarqalgan. B. elektr issiklik izolyatorlari sifatida ishlatiladi. B. kukunidan bronza boʻyogʻi tayyorlanadi. Markaziy Osiyoda juda keng tarkalgan. RF (Ural, Uzok, Sharq), Ukrainada katta konlari bor.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz