BIOTIT — slyudalar guruhiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi K (Mg, Fe)3[AlSi3)(OH F)2. Mineral frantsuz olimi J. B. Bio nomiga qo’yilgan. Olti qirrali, yaxshi shakllangan, taxlangan varaqilarga o’xshash agregatlar hosil qiladi. Rangi qora, qo’ng’ir, yashilsimon qo’ng’ir. Shishasimon yaltiroq. Qattiqligi 2,5—3,5. Sof og’irligi 2,7—3,3. Kattaligi 7 metr kvadratgacha keladigan kristallari pegmatite tomirlarda uchraydi. Otqindi va metamorfik jinslar orasida tarqalgan. Biotit elektr issiklik izolyatorlari sifatida ishlatiladi. Biotit kukunidan bronza bo’yog’i tayyorlanadi. Markaziy Osiyoda juda keng tarkalgan. Rossiya Federatsiyasi (Ural, Uzoq Sharq), Ukrainada katta konlari bor.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish