BIOSFERA QO’RIQXONASI — qo’riqlanadigan hudud (qo’riqxona, milliy bog’ va boshqalar). Biosfera qo’riqxonasi muayyan hududdagi eng noyob tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish ilmiy tadqiqot ishlari, atrof muhitning uzoq muddatli monitoring va boshqa ishlar bilan birga qo’shib olib boriladi. Biosfera qo’riqxonasi barpo etish 1973 yildan boshlab “inson va biosfera” dasturi bilan bog’liq holda paydo bo’ldi. Jahonda 300 dan ortiq Biosfera qo’riqxonasi ishlaydi, jumladan, O’zbekistonda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasiga qaraydigan Chatqol biosfera qo’riqxonasi bor.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish