BIOPSIYA (bio… va Yunoncha opsis— ko’rish, tekshirish)—davolash va kasallikni aniklash maqsadida tirik odamning to’qima yoki biror a’zosidan bir kismini kesib olib tekshirish. Asosan xavfli o’smalar va qon yaratish tizimi kasalliklarini aniqlashda qo’llaniladi. Ilmiy tadqiqot ishlari olib borishda ham Biopsiyadan foydalaniladi. To’qima, biror a’zoni qisman olib tashlash ham Biopsiya (davolash Biopsiyasi) hisoblanadi. Biopsiya maxsus tibbiy asboblar (endoskop, qisqich, shpatel, jarroxlik pichog’i) va jarrohlik usullari (punktsiya, qirib olish va boshqalar) yordamida amalga oshiriladi. Biopsiyada organizmga zarar yetmaydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish