BIOMASSA



BIOMASSA (bio… va massa)— bir turga mansub individlar, turlar guruhlari yoki jamoasining o’zi yashab turgan muhit yuzasi (1 metr kvadrat, 1 santimetr kvadrat va hokazolar) yoki hajmi birligi (1 metr kub, 1 santimetr kub va hokazolar) ga to’g’ri keladigan umumiy massasi. Biomassa ko’pincha ho’l yoki quruq modda massasi g/m2, kg/ga, g/m3 va boshqalarda ifodalanadi. O’simliklar Biomassasi fitomassa, hayvonlar Biomassasi zoomassa deyiladi. Turli hisob-kitoblarga ko’ra biosferadagi tirik organizmlarning umumiy Biomassasi quruq modda hisobida 1,81012 tonnadan 2,410’2 tonnaga boradi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz