Biologiya stansiyalari




Biologiya stansiyalari — oʻsimlik va hayvonlarni tabiiy sharoitda har taraflama oʻrganish hamda eksperimental tadqiqotlar oʻtkazish uchun moʻljallangan ilmiy tadqiqot muassasalari. B. yeda amaliy jihatdan ahamiyati katta masalalar (mas, iqlimlashtirish, baliq ovlash, baliq urchitish, dasht va baland togʻli hududlarni oʻzlashtirish, tabiiy komplekslarning biologik mahsuldorligini oshirish va h. k.)ni hal qilish bilan boglik muammolar ham ishlab chiqiladi. Biologiya stansiyalari tabiiy sharoiti va tirik organizmlarning oʻziga xosligi bilan bir-biridan farq qiladigan hududlarda joylashgan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika institutining Qizilqum choʻl zonasidagi B. s, Rossiyadagi Murmansk B. s, Qirgʻizistondagi Issiqkoʻl B. s, Armanistondagi Sevan kuli B. s, Moskva viloyatidagi Moskva davlat untining Biologiya stansiyalari shular jumlasidandir.

B. yeda zamonaviy asbobuskunalar bilan jihozlangan lab. boʻladi. Ularda yuqori malakali ilmiy xodimlar ishlaydi, Biologiya stansiyalari ilmiy tadqiqot ishlari yakunlarini nashr ettirish huquqiga ega.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz