BIOLOGIK REGRESS



BIOLOGIK REGRESS — organizmlarning evolyusion inqirozga yuz tutishi; biologik progressning aksi. Biologik regressga uchragan taksonlar individlarining soni qisqarib, ular areali torayib boradi, mazkur taksonning kichik guruhlari soni kamayib ketadi, yaxshi moslasha olmasdan qolgan yoki boshqa organizmlar bilan yashash uchun kurashda dosh berolmagan individlar qirilib ketadi. Biologik regressga uchragan turlar yoki boshqa taksonomik guruhlar qirilib ketishi mumkin.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz