BIOBIBLIOGRAFIYA



BIOBIBLIOGRAFIYA (bio… va bibliografiya), shaxsiy bibliografiya — bibliografiya turi; bosma asarlar haqidagi ma’lumotlar ularning mualliflari biografiyasi va shu muallifga bag’ishlangan adabiyotlar to’g’risidagi ma’lumotlar bilan birgalikda beriladi. Biobibliografiya lug’at va ko’rsatkichlar shaklida bo’ladi. Lug’atlarning oddiy (solnoma) va retrospektiv (o’tmishga oid) xili mavjud. “Solnoma”da shu lug’at tuzilgan yilidagi zamondoshlar, shuningdek o’sha yili vafot etgan shaxslarga oid ma’lumotlar yoritilsa, retrospektiv lug’atlar muhim davrlarni qamrab oladi. Keyingi davrda fan sohalari bo’yicha, shuningdek alohida mashhur fan, jamoat arboblari, yozuvchilarga bagishlangan Biobibliografiya ko’rsatkichlari tuzish taraqqiy etdi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz