BIO (BIOT) JAN BATIST



BIO (BIOT) JAN BATIST (1774-1862) — frantsuz fizigi, geodezisti va astronomi. Parij Fanlar Akademiyasi a’zosi (1803), Peterburg Fanlar Akademiyasi xorijiy faxriy a’zosi (1819). Ilmiy ishlari yorug’likning qutblanishi (uning nomi bilan ataluvchi qonun), elektr tokining magnit maydoni (Bio Savar qonuni) va akustika sohalariga oid. Bio fan tarixi masalalari bilan, xususan I. Nyuton ishlarini o’rganish bilan shug’ullangan. Bio eksperimental va matematik fizika kursi darsligi (1816) muallifi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz