Binokor ( futbol klubi, Buxoro)




„Binokor“  — Buxoroning sovet futbol klubi. 1987-yilda murabbiy Rahmatov Hamid Rajabovich tomonidan asos solingan.

Ilgari Buxoro uy qurilishi kombinatining futbol klubi „Quruvchi“ nomi bilan atalgan. Jamoa 1973-yilda Buxoro viloyati chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, O‘zbekiston SSR chempionatida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritgan.

„Binokor“ klubi 1987-yilda Buxoro uy qurilishi kombinati (DSK) qoshida tashkil etilgan. Turli darajadagi shahar va viloyat chempionatlarida g‘olib chiqqan ushbu klub O‘zbekiston SSR chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

1988-yilning birinchi mavsumida jamoa chempionatda 10-o‘rinni egallaydi va bu ko‘rsatkich 1980-yilda „Buxoro“ ikkinchi ligadan tushib ketganidan keyingi eng yaxshi natija sifatida buxorolik futbolchilarning esida qoladi. Keyingi yil, yaʼni 1989-yilda jamoa uzoq vaqt birinchi o‘rinni saqlab turadi, ammo yakunda atigi 5-o‘rinni qayt etadi. 1990-yilgi chempionat boshqa sxema bo‘yicha o‘tkazilganligi sabab kichik guruhda g‘alaba qozongan „Binokor“ finalda 3-o‘rinni egallab, ikkinchi liganing 9-respublika hududiga kiradi.

1991-yilgi ikkinchi liga turnirida „Binokor“ yaxshi natija ko‘rsata olmaydi, yaʼni umumiy hisobda jami gollar soni 34 ta va 26 ishtirokchi bilan 22-o‘rinni egallagan.

Keyinchalik „Binokor“ O‘zbekiston chempionatida mustaqil ishtirok etmagan.

Yutuqlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz