BINE (BINET) ALFRED
BINE (BINET) ALFRED (1857.8.7, Nissa — 1911.18.10, Parij) — frantsuz psixologi, tibbiyot va huquq doktori (Parij universiteti). Bine Frantsiyada ochilgan birinchi eksperimental psixologiya laboratoriyaning asoschisi (Sorbonna, Parij). U qobiliyat, ruhiy rivojlanish, individual psixologik tafovutlar sohalarida olib borgan tadqiqotlari bilan mashhur. T. Simon bilan birgalikda ilk bor intellektning akliy rivojlanish saviyasini o’rganuvchi psixometrik test (Binesimon aqliy rivojlanish shkalasi)ni ishlab chiqqan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz