Binədərəsi
Binedarasi (ozarbayjoncha: Binədərəsi) yoki
Banadzor (armancha: Բանաձոր) Ozarbayjon Xoʻjavend tumanidagi qishloq hisoblanadi. Qishloqda 2020-yildagi Togʻli Qorabogʻ urushigacha etnik armanlar koʻpchilik aholisi boʻlgan, 1989−yilda esa armanlar aholining katta qismini tashkil qilgan.
Tarixi
Qishloq Sovet davrida Togʻli Qorabogʻ avtonom viloyati Hadrut tumani tarkibiga kirgan. Birinchi Togʻli Qorabogʻ urushi yillarida 1991-yilda Halqa operatsiyasi doirasida qishloq Hadrut va Shusha tumanlaridagi 16 ta aholi punkti bilan birga vayron qilingan va aholi punktlari qirib tashlangan. Bu operatsiya [[Sovet Ittifoqi] Armiya]], SSSR Ichki ishlar vazirligi (MVD)ning Ichki qoʻshinlari va [[Ozarbayjon Sovet Sotsialistik Respublikasining OMON boʻlinmalari tomonidan amalga oshirilgan. Qishloq 1992−yil 2−oktyabrda arman qoʻshinlari nazoratiga oʻtgan. . Qishloq Birinchi Togʻli Qorabogʻ urushidan soʻng qishloq ajralib chiqqan Artsax Respublikasining Hadrut viloyati tarkibiga kirgan. Qishloq 2020-yil Togʻli Qorabogʻ urushi paytida Ozarbayjon nazoratiga oʻtgan.
Demografiyasi
2005−yilda qishloqda 143 nafar aholi yashagan. 2015−yilga kelib ularning soni 175 nafarga oʻzgargan.
Manbalar
Tashqi havolalar links
uz.wikipedia.org