Bin Ali Zaynulobidiyn




Zayn al-Abidin bin Ali (arabcha: زين العابدين بن علي; Zayn al-'Ābidīn bin 'Alī; 1936-yil 3-sentyabr — 2019-yil 19-sentyabr) — Tunis Respublikasi davlat arbobi. General (1979). Tunisning Marokashdagi harbiy attashesi (1974— 77), Tunis milliy xavfsizligi bosh direktori (1977—80). Tunisning Polshadagi elchisi (1980—84), Tunis milliy xavfeizligi davlat kotibi (1984—1985), 1986—1987-yillarda ichki ishlar vaziri. 1987-yil oktyabrdan Tunis bosh vaziri. 1987-yil 7-noyabrdan 2011-yilgacha Tunis prezidenti. 2011-yilda mamlakatda yuz bergan „rangli inqilob“ oqibatida mamlakatni tark etishga majbur boʻlgan. Keyinchalik u Saudiya Arabistonida siyosiy boshpana olgan va oʻsha yerda yashab kelgan. 2012-yilda Tunis harbiy tribunali bin Alini ommaviy tartibsizliklar vaqtida namoyishchilarning oʻldirilishiga javobgar deb topib, sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz