Billur Kalkavan
Billur Kalkavan (1962-yil 2-noyabr – 2022-yil 15-oktabr) turk aktrisasi, sotsialist va teleboshlovchi edi.
Hayoti va faoliyati
Billur Kalkavan 1962-yil 2-noyabrda Istanbulning Beylerbeyi mahallasida tugʻilgan. Uning onasi Nuyan Kalkavan, otasi esa kema egasi Nozim Kalkavan boʻlgan. Onasi Nuyan Zülüflü İsmail Paşa [tr] nevarasi edi, Zülüflü İsmail Paşa [tr] 31-Usmonli sultoni Abdulmejid I ning oʻgʻli boʻlgan.
Kalkavanning kinodagi ilk faoliyati yetti yoshga toʻlganida, "Ayri Dünyalar" (1969) filmida Erol Taş oʻynagan yovuz odam tomonidan pul evaziga oʻgʻirlab ketilgan bola rolini oʻynagan paytida boshlagan.
Kalkavan oʻrta maktabda oʻqishni AQShda boshlagan, keyin Turkiyaga qaytib kelib, Kadıköy Maarif kollejida oʻqigan. Keyin oʻrta maktabni tashlab, 16 yoshidan boshlab turli ishlarda ishladi. 1978-yilda rejissyori Kartal Tibet boʻlgan"Sultan" filmida rol oʻynadi. Keyin bir muddat Güneş gazetasida kotiba boʻlib ishladi. Kalkavan 1984-yilda gazeta sotilib ketganidan keyin Amerika Qoʻshma Shtatlariga qaytib ketdi. AQSHda oʻrta maktabni tugatish imtihonlarini topshirib oʻqishni tugatdi. Los-Anjelesdagi Kaliforniya universitetida psixologiya saboqlarini oldi. AQShda toʻrt yil yashagach yana Turkiyaga qaytdi.
Kalkavan TRT telekanalida boshlovchilik qilib, teleseriallarda rol oʻynadi. Shu orqali Turkiya televideniesida taniqli shaxsga aylandi. Kalkavan tungi hayoti va ishqiy munosabatlari bilan mashhurlikka erishdi. Oʻzining jinsiy aloqasi haqida ochiq gapirgani bilan mashhur boʻldi, shuning uchun u „marginal“ shaxs sifatida tasvirlangan. 1980-yilda Shvetsiyada qilgan oʻng yelkasidagi tatuirovkalari bilan ham taniqli.
1994-yilda qoʻshiqchi Emel Müftüoğlu [tr] „Deli Et Beni“ qoʻshigʻiga klipda suratga tushdi. Ushbu video qoʻshiq soʻzlari va Billur Kalkavan va Yeşim Salkım ijro etgan raqs tufayli lesbiyanlikni asosiy ommaviy axborot vositalarida mavzuga aylantirdi.
Kalkavan ilk bor 1996-yilda Tiyatro Çisentining "Açık Evlilik" spektaklidagi roli bilan sahnaga chiqa boshladi. Tiyatro Çisentining aktsiyadori sifatida u "Bir Istanbul Masalı" musiqiy filmida va „ Dilekçe“ spektaklida ishtirok etgan. 2000-yilda Istanbuldagi Yangi teatrda sahnalashtirilgan "Marion va Muhammad" spektaklida striptizchi rolini oʻynadi. Asardagi striptiz sahnasi oʻsha paytda shov-shuvga sabab boʻlgan edi.
1990-yillardan boshlab "Mavi Sürgün", „ Gece Otostopçusu“, "Ölüm Peşimizde", "Kraliçe Fabrikada", "Mezuniyet „, “Charshi Pazar „ va “Canavar Gibi: Turk İşi Frankeştayn" filmlarida suratga tushdi. "Tatlı Kaçıkla", "Böyle mi Olacakti", "Eyvah Babam" seriallarida ham suratga tushgan.
Kalkavan 2008-yilda bir serialda oʻzining yalangʻoch pozalari bilan yana maydonga chiqdi. 2012-yilda salomatlik bilan bogʻliq koʻrsatuvlarni namoyish etuvchi HTV telekanalida jinsiy hayot haqidagi tok-shouni olib bordi. Shuningdek, u 2014-yilda sherigi Buğra Bahadirli bilan Billur Tv nomli YouTube kanalini yaratdi. Yuoutube kanalida astrologiya, jinsiy aloqa va boshqa mavzularda videolar tayyorlagan. Vafot etishiga qadar videolarni olib borishda davom etdi.
Oʻlimi
Kalkavan 2022-yil 15-oktabr kuni oʻpka saratonidan davolanayotgan Istanbuldagi shifoxonada vafot etdi. 17-oktyabr kuni dafn marosimidan soʻng u Zincirlikuyu qabristoniga qoʻyildi.
Filmografiya
Manbalar
Yana qarang
uz.wikipedia.org