Billur




Billur , xrustal — shishaning alohida turi. Tarkibida bariy oksidi va qoʻrgʻoshin oksidi (27%) koʻproq boʻladi. Shishaga qaraganda pishiqrokligi, qalinroqligi, yorugʻlik nurini yaxshi sindirishi bilan ajralib turadi. B. turlituman tuslarda jilvalanadi, chertganda jarangdor tovush chiqaradi. Undan qandillar, likopchalar, guldonlar, kanddonlar, turli bezak buyumlari yasaladi, binolarni bezashda ham foydalaniladi. Olmos bilan ishlov berib, B. buyumlarda nafis naqshlar hosil qilish, qirralar chiqarish mumkin. B. buyumlar qirralariga yorugʻlik tushganda rangbarang tusda tovlanib turadi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz