BILLUR



BILLUR, xrustal — shishaning alohida turi. Tarkibida bariy oksidi va qo’rg’oshin oksidi (27%) ko’proq bo’ladi. Shishaga qaraganda pishiqrokligi, qalinroqligi, yorug’lik nurini yaxshi sindirishi bilan ajralib turadi. Billur turli-tuman tuslarda jilvalanadi, chertganda jarangdor tovush chiqaradi. Undan qandillar, likopchalar, guldonlar, kanddonlar, turli bezak buyumlari yasaladi, binolarni bezashda ham foydalaniladi. Olmos bilan ishlov berib, Billur buyumlarda nafis naqshlar hosil qilish, qirralar chiqarish mumkin. Billur buyumlar qirralariga yorug’lik tushganda rang-barang tusda tovlanib turadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz