Billie Eilish: When We All Fall Asleep, Where Do We Go?




When We All Fall Asleep, Where Do We Go? amerikalik qoʻshiqchi Billie Eilishning debyut studiyaviy albomi hisoblanadi. Bu albom 2019-yil 29-martda Interscope Recordsning shoʻba korxonasi sanalmish Darkroom tomonidan Interscope Records va Buyuk Britaniyada Polydor Records tomonidan chiqarilgan. Bu albom ommaga taqdim etilayotgan paytda Billie Eilish 17 yoshda boʻlgan, albomni yozishda asosan akasi Finneas OʻKonnell yaqindan yordam bergan. Bu musiqiy albom Highland Park, Los-Anjelesdagi studiyasida yozilgan .

Billie Eilish qoʻshiqlarida yoshlar orasida uchraydigan turli muammolarni yaʼni giyohvandlik, oʻz joniga qasd qilish va ruhiy salomatlik kabi mavzularni hazil va dahshatning lirik hissiyotlari bilan tasvirlangan. Albom nomi esa "Bury a Friend qoʻshigʻidagi satrdan olingan.
Albom 7 ta singlning chiqarilishi bilan sotuvga chiqarilgan. Ulardan 4 tasi Amerika Qoʻshma Shtatlarida Amerika Yozuv Industriyasi Assotsiatsiyasi tomonidan sertifikatlangan ular quidagilar:

Eilish shuningdek, albomni qoʻllab-quvvatlash uchun bir nechta gastrollarga chiqgan, jumladan „ When We All Fall Sleep Tour “ va „ Where Do We Go? “. Musiqiy albom tezda tijoriy muvaffaqiyat erishdi. Albom chiqarilishining birinchi haftasida koʻplab mamlakatlarda birinchi oʻrinni egalladi. 2019 yil iyun oyiga kelib, u AQShda 1,3 million nusxadan koʻproq sotilgan va Kanadada yilning eng koʻp sotilgan albomi boʻldi, Buyuk Britaniyada esa Billie Eilish birinchi oʻrinni egallagan eng yosh ayol yakkaxon qoʻshiqchisiga aylandi.

Qoʻshiq yozirsh jarayoni




Billie Eilish va uning akasi Finneas O'Connell 2016-yilning may oyida „Listen Before I Go“ qoʻshigʻi bilan „When We All Fall Asleep, Where Do We Go?“ ustida ishlay boshladilar. -Qoʻshiqni ikki yildan soʻng 2018-yil bahorida yozib oldishdi
Albom Finneas OʻKonnellning Kaliforniya shtatidagi Los Angeles Highland Parkda joylashgan kichik studiyasida yozilgan .

2018-yil 20-martda Eilish albom ustida ishlayotganini tasdiqlagan va uning albomi yil oxiriga kelib chiqishini aytgan
Billie EIlish 2018-yil iyul oyida BBC Radio 1ga bergan intervyusida, uning albomi 2019-yil 29-martda chiqishi kutilayotganini eʼlon qilgan. Eng koʻp kutilgan albom 2019-yil yanvar oyida tugatilgan..

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz