Bill Plante
Uilyam Madden Plante- amerikalik jurnalist va CBS News muxbiri edi.U 1938-yil 14-yanvarda Chikagoda tug‘ilgan.U 1964-yildan boshlab va oʻttiz yildan ortiq vaqt davomida Oq uydagi katta muxbiri sifatida tanilgan.
Hayoti va taʻlim
Plante 1938-yil 14-yanvarda Chikagoda tug‘ilgan.Plante o‘z shahridagi Loyola akademiyasiga o‘qishga kiradi va uni 1955-yilda tugatadi.Taxminan oʻsha paytda u Illinoys shtatining Evanston shahridagi klassik musiqa radiostantsiyasida ishlagan,eshittirish bilan bogʻliq birinchi tajribalarni amalga oshirgan.
Plante Chikagodagi Loyola universitetida biznes va gumanitar fanlarni o‘rganib,1959-yilda bakalavr darajasini oldi.Bundan tashaqari,u Kolimbiya Universitetida ham oʻqiydi.
Karyera
Kolumbiyada oʻqishni tugatgandan soʻng,Plante 1964-yil iyun oyida CBS Newsda muxbir boʻlib ishlay boshladi.O'sha yilning oxirida u Vetnam urushi haqida xabar berish uchun Janubiy Vetnamga yuboriladi.Uning 1975-yildagi soʻnggi gastrol safarida u Pnompenning qulashi va Saygonning qulashini yoritgan va bu uning CBS News jamoasiga Chet el matbuot klubining "Xorijdan olingan eng yaxshi radio yangiliklari" mukofotiga sazovor bo'lishiga zamin yaratdi.
1965-yil mart oyida Plante Alabama shtatining Selma shahriga bordi va „Qonli yakshanba“ga guvoh boʻlgan.U oʻsha oyning oxirida Selmaning Montgomeriga yurishlari haqida hisobot berish uchun qaytib keladi va tadbir davomida Martin Lyuter King Jr.dan intervyu oladi .
Plante 1976-yilning dekabrida CBS telekanalining Vashingtondagi byurosiga koʻchib o'tadi .U oʻn yildan soʻng CBS uchun Oq uyning katta muxbiri etib tayinlandi va 2016-yil noyabrida nafaqaga chiqqunga qadar bu vazifani 35 yil davomida bajaradi .U bundan tashqari 1988-yildan 1995-yilgacha CBS Sunday Night News telekanalida ishlagan,shuningdek ,„CBS This Morning“ va „CBS Evening News“ uchun ham xabarlar yetgazib turgan[3].Plante Vetnam urushini (1972-yil),Ronald Reyganning 1984-yilda qayta saylanishini,ikki yildan so‘ng Mixail Gorbachyov bilan Reyganning sammitini va dafn marosimini yoritgani uchun bir nechta Emmi mukofotlarini qo‘lga kiritdi.
Plante oʻzining keng vino kolleksiyasi bilan ham mashhur edi.Matbuot korpusining boshqa aʼzolari uni ushbu soha boʻyicha mutaxassis deb bilishgan va Oq uy muxbiri sifatida ishlagan paytida ularning norasmiy sommelieri boʻlgan.U shuningdek,vaqti-vaqti bilan The Early Show va CBS News Sunday Morningda ushbu mavzu haqida ham gapirgan.
Bill Klintonning Yangi Zelandiyaga tashrifini ham Plante yoritib borgan.
Shaxsiy hayoti
Plantening birinchi nikohi Barbara Barnes Orteig bilan boʻlgan.Ularning ikki farzandi bor edi .Ular oxir-oqibat ajrashishadi va u 1987-yilda Robin Smitga uylanadi.Ular Plantening vafotigacha 34-yil birga bo'lishdi.Uning oʻgʻillaridan biri Patrik 2014-yilda Plantedan oldin vafot etgan.
Plante nafas yetishmovchiligidan aziyat chekardi va 2022-yil 28-sentabrda Vashingtondagi uyida vafot etadi.U 84 yoshda edi.
Manbalar
uz.wikipedia.org