Bill geyts
William Henry Gates III (oʻqilishi: Uilyam Henri Geyts Uchinchi; 1955-yil 28-oktyabrda tugʻilgan) amerikalik biznes-magnat, dasturchi, investor, yozuvchi va filantropdir. Gates bolalikdagi doʻsti Paul Allen bilan birgalikda hozirda jahonning eng yirik AT-industriya kompaniyasi boʻlmish Microsoftga asos solgan. U Forbes jurnalining dunyodagi eng badavlat kishilar roʻyxatida koʻp yillar davomida birinchi oʻrinni egallab kelgan Gates qoʻlida Microsoft ulushining 1,6 foizi mavjud.. Gates, shuningdek, bir necha kitoblar muallifi hamdir.
Shaxsiy kompyuter inqilobining yirik arboblaridan biri boʻlgan Gates monopoliyada ayblanib tanqid etilgan. Shu bilan birgalikda Gates koʻplab ehsonlar qilgan: 2000-yilda rafiqasi bilan tuzgan Bill & Melinda Gates Foundation jamgʻarmasi orqali tibbiy va ilmiy tadqiqotlarga $36 milliarddan oshiq xayriya ulashgan.
Gates 2000-yil yanvarida Microsoft bosh ijrochi direktori lavozimidan voz kechib, raislikka oʻtdi. 2006-yil iyunida u Bill & Melinda Gates Foundation jamgʻarmasida ishlashini eʼlon qildi. 2008-yil 27-iyunida Gates Micorosoftʼdagi oxirgi toʻliq ish kuniga chiqdi. Hozirda u kompaniya ishlariga deyarli aralashmaydi.
Turmush oʻrtogʻi Melinda Gatesga 1994-yili uylangan. Uch farzandi bor: qizlari Jennifer Katharine (1996-yil tugʻilgan) va Phoebe Adele (2002-yil tugʻilgan) hamda oʻgʻli Rory John (1999-yil tugʻilgan). Bill Gates dindor emas, oʻzini agnostik deb taʼriflaydi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org