Bilkent universiteti
Bilkent universiteti , rasman
Ihsan Doğramacı Bilkent universiteti nomi bilan tanilgan. Universitet Turkiya poytaxti Anqara shahrida joylashgan vaqf universitetidir. U 1984-yil 20-oktabrda Ihsan Doğramaji Taʼlim Jamgʻarmasi, Ihsan Doğramaji Sogʻliqni saqlash Jamgʻarmasi va Ihsan Doğramaji Ilm va Tadqiqot Jamgʻarmasi qarorlari bilan Turkiyaning birinchi vaqf universiteti sifatida Ihsan Doğramaji tomonidan tashkil etilgan.
Universitet kampusi Hacettepe universitetining Beytepe kampusi va Yaqin Sharq Texnika Universitetining Anqara kampusi oʻrtasida joylashgan.
Koordinatalari: 39°52′2.4488246958686″N 32°45′2.7741296930401″E / 39.867346895748852376°N 32.750770591581400026°E / 39.867346895748852376; 32.750770591581400026 G O
Universitet THES - QS World University Rankings tadqiqotining 2016-yilgi maʼlumotlariga koʻra dunyoning eng yaxshi 411 universiteti qatoriga kiritilgan. Times Higher Education dunyo universitetlari 2017-yilgi reytingida dunyodagi eng yaxshi 400 ta universitet qatoriga kiritilgan. Bu reytingga koʻra u Turkiyada 3-oʻrinda, Osiyoda 46-oʻrinda.
Tashkil etilganidan hozirgi kungacha
Universitet 1986-yilda 386 talaba bilan taʼlimni boshlagan. Bilkent universiteti oʻzining huquqiy maqomini rasman olgandan soʻng fakultet va kafedralar sonini koʻpaytirdi va bugungi kunda 9 ta fakultet, 2 ta kollej va 3 ta kasb-hunar maktabi bilan taʼlim faoliyatini davom ettirmoqda. Universitet Shimoliy Amerika , Uzoq Sharq va Yevropadagi 250 dan ortiq universitetlar bilan talabalar almashinuvi dasturi boʻyicha shartnomalarga ega. Yana yiliga 500 ga yaqin tashkilot va kompaniyalar oʻzini targʻib qilish maqsadida universitetda konferensiyalar tashkil etadi. Universitet tashkil etilganidan buyon bitiruvchilar soni 30 mingdan oshdi. Ihsan Doğramacı Bilkent universiteti 2015-yilda Times Higher Education tomonidan chop etilgan 50 yoshgacha boʻlgan eng yaxshi universitetlar roʻyxatida 28-oʻrinni egalladi.
2011-yilda universitetda oʻqishni boshlagan 2400 ga yaqin bakalavriat talabalarining 65 foizi toʻliq yoki yarim stipendiya oldi. Bu 2400 nafar talaba bilan birga Bilkentda jami 13100 nafar talaba tahsil olmoqda, shundan 905 nafari magistraturada, 539 nafari doktoranturada, 344 nafari xorijiy davlatlardan kelgan talabalardir. Talabalar soni boʻyicha U fond universitetlari orasida Yeditepe universitetidan keyin 2-oʻrinda turadi.
Akademik birliklar
Bilkent universitetida 34 ta bakalavriat dasturlarini qamrab oluvchi 10 ta fakultet va 6 ta institut mavjud.
Fakultetlar Institutlar Havola
Rasmiy sayt
Manbalar
uz.wikipedia.org