Bilish nazariyasi




Bilish nazariyasi (gnoseologiya, epistemologiya)— falsafa boʻlimidan biri boʻlib, u bilish qonuniyatlari va imkoniyatlari, bilimning obyektiv reallikka munosabatini oʻrganadi, bilish jarayonining bosqichlari va shakllarini, bilishning ishonchliligi va haqqoniyligi shartlari va mezonlarini tadqiq qiladi. Bilish nazariyasi hozirgi zamon fanida qoʻllaniladigan usullar (tajriba, modellashtirish, analiz, sintez va h.k.)ni umumlashtirib, uning falsafiymetodologik asosi sifatida namoyon boʻladi. Bilish jarayonida tajriba va amaliyotning katta ahamiyati bor. Bu yerda amaliyot (praktika) keng maʼnoda boʻlib, insonning jamiyatga taʼsiri, tabiat hodisalarini oʻzgartirishi, yangi narsalar, jamiyatning yashashi uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratishi tushuniladi. Kishilarning tabiat qonunlari haqidagi bilimiga asoslangan amaliy faoliyatlari bilish taraqqiyotini, fan va texnika ravnaqini belgilaydi. Sezgi, tasavvur va tushunchalarimizning obyektivligini tekshirish bilish jarayonining eng muhim vazifasidir. Amaliyot — haqiqat mezoni. Bilimlarimizning haqiqiyligi amaliyot orqali tekshiriladi, tasdiqlanadi. Bilish jarayoni jonli mushohada (hissiy bilish)dan abstrakt (mavhum) tafakkurga, undan esa amaliyotga oʻtish bilan xarakterlanadi. Jonli mushohada, deganda biz sezgi, idrok, tasavvur kabilarni, yaʼni sezgi aʼzolari orqali tashki olamning miyaga taʼsiri natijasida paydo boʻladigan inʼiko shakllarini tushunamiz. Sezgi dunyoni inʼiko etishning boshlangʻich shaklidir. Demak, sezgi — obyektiv dunyoning subyektiv intiqosi. U sezgi aʼzolari orqali borliq hodisalari, buyumlarning xususiyat va sifatlarini bir-biri bilan bogʻlanmagan holda aks ettiradi. Idrok qilish hissiy bilishning murakkabroq shakli boʻlib, u sezgi aʼzolariga bevosita taʼsir koʻrsatuvchi buyumni yaxlit holda aks ettiradi. Inson miyasining umumlashtiruvchi faoliyatiga asoslangan bu aks ettirish jarayoniga kishining oldingi tajribalari, abstrakt tafakkurning faoliyati va boshqa ham kelib qoʻshiladi. Shularga asoslangan idrok qilish narsalarning zarurroq, chuqurroq tomonlarini aqlan (fikran) ajratib olishga va bilishga imkon beradi. Miya inson ilgari idrok qilgan narsani oʻz xotirasida saklab qolish va uni qayta tiklash qobiliyatiga ega. Sezgi aʼzolariga taʼsir koʻrsatmayotgan buyumning ana shunday qayta tiklangan qiyofasi tasavvur deb ataladi. Inson hissiy bilish bosqichida toʻxtab qolmaydi. U mazkur bosqich doirasidan chiqishi, buyumlarning umumiy, zaruriy va muhim xususiyatlari hamda munosabatlarini, ularning bevosita hissiy mushohada qilib boʻlmaydigan qonuniy aloqalarini bilib olishi mumkin. Bunga abstrakt tafakkur — bilishning mantiqiy bosqichi orqali erishiladi. Bilish jarayonining sifat jihatdan yangi, oliy bosqichi — mavhum tafakkur jamiyatdan va tildan tashqarida boʻlmaydi. U amaliyotning, tarixiy taraqqiyotning mahsuli. Tafakkur voqelikning umumlashtirilgan, yaʼni bilvosita aksidir. Tafakkur va til bir-biri bilan chambarchas bogʻlangan. Til boʻlmas ekan — umumlashtirish jarayoni ham boʻlmaydi. Hissiy bilish singari mavhum tafakkur ham muayyan shakllarda roʻy beradi. Bu shakllar tushuncha, muhokama va aqliy xulosalardir. Tushuncha narsa va hodisalarning umumiy va muhim tomonlarini aks ettiradi. Masalan, „odam“ tushunchasi hamma insonlarga xos eng asosiy belgilarni oʻzida mujassam ifoda qiladi. Muhokamada buyumlarda muayyan xususiyatlar mavjudligi taʼkidlanadi yoki inkor qilinadi. Tilda muhokamalar ran orqali ifodalanadi. Bir yoki bir necha muhokama vositasi bilan yangi muhokama olish imkonini beradigan tafakkur shakli aqliy xulosa, deb ataladi.

Bunday usul bilan mavjud bilimlarga tayanib, yangi bilimlar hosil qilinadi. XIX asr va XX asr boshida bilish toʻgʻrisidagi taʼlimotda empirizm, empiriokrititsizm, idealizm, illyuzionizm, pozitivizm, pragmatizm, realizm, sensualizm, skeptitsizm kabi koʻpdankoʻp yoʻnalishlar paydo boʻldi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Bilish nazariyasi (yoki gnoseologiya) – bu falsafaning bilim, uning shakllari, manbalari, mohiyati va haqiqiyligi bilan shug‘ullanuvchi bo‘limidir. Bilish nazariyasi odamning atrof-muhitni qanday anglashini, bilim qanday hosil bo‘lishini, bilimning haqiqatga qanchalik mos kelishini va uni qanday ishonchli qilish mumkinligini o‘rganadi.

Bilish nazariyasining asosiy masalalari:

  1. Bilim nima?
    Bilim – bu insonning dunyo haqidagi xabarlari, tushunchalari, qarashlari va faktlarini o‘z ichiga oladi. Bilish nazariyasi bilimni farqlashga harakat qiladi: bilim va tasavvur, bilim va e’tiqod, bilim va ma’lumotlarning o‘rtasidagi tafovutlar.

  2. Bilim manbalari:
    Bilish nazariyasi bilim manbalarini tahlil qiladi. Ularga quyidagilar kiradi:

    • Tajriba (empirik bilim): dunyo bilan bevosita aloqadan kelib chiqadigan bilim. Misol uchun, kuzatishlar, sinovlar, eksperimentlar.
    • Aql va fikrlash: deduksiya va induksiya kabi mantiqiy usullar orqali bilim hosil qilish.
    • Vahidi (ahborot va ta’lim): boshqalardan olingan bilimlar.
    • Intuitsiya: ichki sezgi yoki bir zumda kelgan tushuncha.
  3. Bilimning haqiqatligi:
    Bilish nazariyasining dolzarb masalalaridan biri – bilim ning haqiqat yoki yolg‘onligini qanday aniqlash mumkin? Har xil haqiqat nazariyalari mavjud:

    • Koherensiya nazariyasi: bilimlar o‘zaro mos kelgan taqdirda haqiqat deb hisoblanadi.
    • Pragmatik nazariya: bilim foydali natija bergan yoki amaliy jihatdan haqqoniy bo‘lsa haqiqat.
    • Correspondence theory (moslik nazariyasi): bilim tashqi obyektiv haqiqatga mos kelishi kerak.
  4. Bilishning cheklanishlari:
    Har qanday bilish chegaralangan, shuning uchun bilish nazariyasi bilimga nisbatan skeptisizm (shubha)ni ham o‘rganadi. Bu borada ba’zi nazariyalar mavjud: empirik cheklov, tilning chegaralari, inson ongi va idrokining cheklovlari.

Bilish nazariyasining ahamiyati:

Bilish nazariyasi insonning o‘z bilimlarini tizimlashtirish, dunyoqarashni shakllantirish, ilmiy-metodik asoslarni yaratishda, shuningdek ta’lim va pedagogikada katta o‘rin tutadi. Bu nazariya fan, texnologiya, axloqiy qarorlar va ijtimoiy hayotning turli sohalarida bilimga doir asosli fikr yuritishga imkon beradi.

Xulosa:

Bilish nazariyasi – bu falsafaning eng muhim va keng qamrovli yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u bilish jarayonining mohiyati, shakllari va chegaralarini chuqur tahlil qiladi. Bu soha orqali inson o‘z bilimining ildizlarini tushunadi va bilimning haqiqatligi, asoslari haqida umumiy nazariy bilimlarga ega bo‘ladi.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz