Bilirubin




Bilirubin — 1lot. bills oʻt (safro) va ruber — kizil], C33H63O4N4 — oʻt (safro)ning qizilsargʻish pigmenti; mol. m. 584,68. Qoʻngʻir kristall modda. Gemoglobinning parchalanishidan vujudgakeladi. Asosan jigarda ishlanib, oʻt bilan ichakka, qisman qonga oʻtib turadi. Biliverdinning fermentlar taʼsirida qaytarilishi yoʻli bilan hosil boʻladi. Umurtqali hayvonlar va odamning qon zardobida ozroq miqdorda B. bor. Oʻt yoʻllarida oʻt dimlanib qolganida va baʼzi jigar kasalliklarida qonda B. miqdori ortadi (sariqlik kuzatiladi) va siydikda B. boʻladi. Shuning uchun qon va siydikdagi B.ni aniqlash kasallikka tashhis qoʻyishda muhim ahamiyatga ega.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz