Bilingirl




Chika Yoshida (yaponcha: 吉田 ちか Yoshida Chika?, 1984-yil 31-dekabrda tugʻilgan), Bilingirl yoki Bilingirl Chika nomlari bilan tanilgan Yapon YouTuber. 2011-yildan beri YouTubeda Ingliz tilini Yaponlarga oʻrgatadigan videodarslar tayyorlaydi. 2021-yildagi maʼlumotlarga koʻra uning YouTube kanalida 1.5 milliondan koʻp obunachilar mavjud.

Yoshligi



Yaponiyaning Nagasaki prefekturasida tugʻilgan Yoshida otasining ish joyiga boshqa mamlakatga koʻchirilishi sababli boshlangʻich maktabning birinchi yilida Amerika Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtgan va u Vashingtonning Anakortes shahrida oʻsgan. U boshlangʻichdan oʻrta maktabgacha har hafta yapon maktabida qatnagan, u yerda aktyor Key Xosogai bilan sinfdosh boʻlgan. Oʻrta maktabni tugatgach, Yoshida 2003-yilda Vashington universitetiga oʻqishga kirdi, u yerda biznes yoʻnalishi boʻyicha tahsil oldi va Foster biznes maktabida oʻqidi va u 2007-yilda oʻqishni tamomladi U Amerika Qoʻshma Shtatlarida 16 yil yashaganidan soʻng, yana Yaponiyaga koʻchib oʻtdi va Amerika kompaniyasining Yaponiyadagi filialida biznes maslahatchisi boʻlib ishladi. 2010-yildan 2012-yilgacha Ginza shahrida qoʻshimcha biznes sifatida qisqa vaqt ichida tirnoq salonini ochdi.

Faoliyati



2011-yilda Yoshida oʻzining birinchi videosini YouTube-dagi „Bilingirl English Conversation (yaponcha: バイリンガール英会話?) „ ケ)“ deb nomlangan birinchi videosini joylashtirdi. Koʻproq ingliz tili darslarini joylashtirgandan soʻng, uning kanali oʻz muxlislarini jalb qila boshladi va 1,5 yildan soʻng u bir nechta kompaniyalardan ish soʻrovlarini olgach, toʻliq YouTube karyerasiga eʼtibor qaratishga qaror qildi. Yoshida ishlagan bir qancha mijozlar qatoriga Austrian Airlines va Kao Corporationlar kiradi. Yoshida oʻz kanalini ochganidan beri 2021-yilga kelib 1,5 million obunachiga ega boʻldi.

2014-yilda Yoshida ikkinchi Japanagos nomli YouTube kanalini ochdi, bu kanalda xorijdagi tomoshabinlari uchun Yaponiya haqida maʼlumotlar beruvchi videolar taqdim etiladi. Xuddi shu yili u YouTube reklama roligida paydo boʻldi.

2018-yilda NHK telekanali Yoshida ni the 5th favorite YouTuber in Japan deb nomlagan teledasturni efirga uzatdi. Oʻsha yili u chet elga sayohat qilganda yaponiyaliklarga ingliz tilidagi iboralarni oʻrgatuvchi „Help Me Travel“ mobil ilovasini ishga tushirdi.

2020-yil aprel oyida COVID-19 pandemiyasi avj olgan payt Yoshida Malayziyadan Yaponiyaga qaytish qarori tanqid qilinganidan keyin kanalida tanaffusga chiqdi. U 2020-yil 13-avgustda videolarni joylashtirishni davom ettirdi.

Shaxsiy hayoti



2015-yil 18-oktyabrda Yoshida turmushga chiqayotganini eʼlon qildi. 2018-yilning iyun oyida u Pudding (yaponcha: プリン Purin?) laqabli qizni dunyoga keltirdi. 2021-yil 19-oktyabrda u oʻgʻil farzandli boʻlganini eʼlon qildi.

Nashrlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz