Bilga Tong Erkin




Bilga Tong Erkin  – Qirgʻiz xoqonligining xoqoni. U Uygʻur xoqonligining hukmdori tomonidan tayinlangan vassal hukmdor edi. 758-yilda Moyan-chur tomonidan tayinlanib xon unvoni berilgan.

Tarjimai hol



751-yilda Yenisey qirgʻizlari davlati Uygʻur xoqonligiga qarshi urushda qarluqlar va oʻgʻuzlarning ittifoqchisi boʻldi. 758-yilda Moyan-chur qoʻmondonligi ostidagi uygʻurlar bir qancha qirgʻiz qoʻrgʻonlarini egallab, soʻng Minusinsk havzasiga yurish qildilar va qirgʻiz qoʻshinini magʻlub etdilar. Uygʻur xoqoni Qirgʻizlarning avvalgi hukmdorini oʻldirib, yangi qoʻgʻirchoq hukmdorni tayinladi. Bu magʻlubiyatdan Yenisey qirgʻizlari davlati katta zarar koʻrdi, ular boshqa mamlakatlar bilan aloqadan ajralib, Uygʻur xoqonligiga toʻliq qaram boʻlib qoldilar. 795-yilda Yenisey qirgʻizlari uygʻurlar hukmronligiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarishdi. Ammo qoʻzgʻalon muvaffaqqiyatsiz boʻldi.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz