Bilderberg guruhi




Bilderberg klubi , Bilderberg guruhi , Bilderberg anjumani (inglizcha: Bilderberg Group) — har yili oʻtkazib kelinadigan, taxminan 130 aʼzodan iborat norasmiy konferensiya boʻlib, unda Dunyoning eng qudratli shaxslari (prezidentlar, qirollar, milliarderlar va b.) qatnashib keladilar. Klub qatnashchilarining uchdan bir qismi amerikaliklardir. Qatnashchilarni omma orasida “Bilderbergerlar” deyish urf boʻldi. Unda turli xil dolzarb muammolar muhokama qilinishi aytiladi. Har bir konferensiyadan soʻng norasmiy hisobot tayyorlanib, undagi maʼlumotlar sir saqlanadi.

Majlislari




Klub majlisi birinchi marta Gollandiyaning Arnem shahri yaqinidagi Bilderberg degan mehmonxonada 1954-yilda boʻlgan (majlis nomi shundan olingan). Klubning shtab kvartirasi Nyu Yorkda joylashgan.

Majlis boʻlgan joylar






Tanqid



Ushbu klub “maxfiy tarzda dunyoni boshqaradi” degan fikrlar bor.

Qaralsin




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz