Bilaman, bu – hayot




Bilaman, bu — hayot “ (shunchaki „ Bilaman, bu hayot “ va „ Bu hayot “ oʻlaroq ham yoziladi) — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1997-yil chiqarilgan „7-albom“ nomli studiyaviy albomiga ikkinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiq matnini ham, kuyini ham guruh solisti Tohir Sodiqov yozgan.

„Bilaman, bu — hayot“ „Bolalar“ guruhining 1990-yillarning ikkinchi yarimida chiqarilgan eng taniqli qoʻshiqlarining biridir. Tarona sol major tonalligida yozilgan boʻlib, uning akustik versiyasi ham mavjud. Guruh 2020-yillarda bergan konsertlarida akustik versiyani ijro etishni odat qilgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz