Bilak tendovaginiti
Bilak tendovaginiti – tayanch-harakat apparatining keng uchraydihgan kasb kasalliklaridan biri hisoblanadi. U odatda, bir taxlitda tez takrorlanadigan, bir xil harakat qilib ishlovchi kishilarda kuzatiladi. Xastalik bir maromda qoʻl, panja harakati talab qiladigan chilangar, tokar, sayqallovchi, sut sogʻuvchilarda rivojlanadi.
Tendovaginit oʻng bilakning egiluvchan sathi yuzasida, koʻproq
boldirning old yuzasida va mushaklarning surunkali zararlanishi
natijasida axill paylar sohasida rivojlanadi.
Klinik manzarasi
Kasallikning uch xil belgisi – bilak sohasidagi
ogʻriq, shish va krepitatsiya belgilari farq qilinadi. Barmoqlar va
bilak faoliyati susayadi. Kasallikning boshlanishida qoʻl qattiq
ogʻriydi, bemor charchab, holsizlanadi. Keyin bilakning ichki tarafida
shish paydo boladi. Baʼzan birorta mushak zoʻriqqanda (masalan,
dastak bilan ishlaganda) kasallik ogʻirlashadi. Bunda bilakda toʻsatdan
shish paydo boʻlib, noxush alomat – krepitatsiya aniqlanadi va qoʻ1
ishlamay qoladi. Kasallik odatda bir aʼzo (aksariyat oʻng qoʻl)da
rivojlanadi va 10- 15 kunga choʻziladi. Kasallik qaytalanish (retsidiv)ga
moyil boʻlib, surunkali turiga, yaʼni fibroplastik tendomiozitga oʻtadi
va mehnat qobiliyatining turgʻun pasayishiga olib keladi.
Davolash usuli
Asosiy davo qoʻlni ehtiyot qilish, yaʼni uni maʼlum
vaqtga qadar harakatlantirmay qoʻyish (immobilizatsiya)dir. Shu
maqsadda 10-12 qavat qilingan gipsli bint bilan gipsli langet
qoʻyish tavsiya etiladi. Bogʻlam bilak va barmoqlarning tirsak
yuzasiga qoʻyiladi. Bu kasallikni davolashda
M. A. Elkin ishlab chiqqan quyidagi bosqichma-bosqichli sxema qoʻllaniladi:
Vrachlik maslahat komissiyasining maʼlumotnomasi boʻyicha bemor butunlay tuzalib ketgandagina avvalgi vazifasida ishlashga ruxsat beriladi.
Profilaktikasi
Eng avval ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish lozim. Dam olish va ishlash tartibiga qatʼiy rioya qilish, ish vaqtida oz boʻlsa-da dam olib turish, ishlab chiqarish gimnastikasi bilan shugʻullanish, mehnatni toʻgʻri tashkil qilish yaxshi natija beradi.
Manbalar
uz.wikipedia.org