Bila Tserkva




Bila Tserkva (Біла Церква) — Ukrainaning Kiyev viloyatidagi shahar (1925-yildan). Ros daryosi boʻyida. Belaya serkov stansiyasi. Aholisi 205 ming kishi (1999). Shahar 1155-yildan maʼlum, 1363-yildan Litva va Polsha, 1793-yildan Rossiya qoʻl ostida boʻlgan. Belaya serkovda rezina (shu jumladan shina), mashinasozlik (qishloq xoʻjaligi mashinalari va elektrotexnika) sanoati, qurilish materiallari, yengil sanoat korxonalari bor. Belaya serkov instituta, teatr, oʻlkashunoslik muzeyi, "Aleksandriya" dendroparki mavjud. Iqlimiy va balneologiya kurorti bor.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz