Bikanjon-bika majmuasi




Bikanjon-bika majmuasi  – Majmua shayx Shoqalandar boboning yaqinida qurilgan. Majmuaga; madrasa, minora, masjidni oʻz ichiga oladi. Qurilish jarayonida bir qancha muammolarga duch kelingan. Majmuaning qurilishi boshlangandan keyin biroz vaqt choʻziladi. Ayrim vaqtlarda toʻxtab qoladi. Shoqalandar bobo ziyoratgohining yoniga 1894-yilda masjid, madrasa va minora qurilgan. Qurilish ishlaridagi bosh usta Abdullo boʻlgan. Qurilish ishlari biroz choʻziladi. Muhammad Rahimxon II (1845-1910) ning singlisi Bikanjon bika qurilish ishlarini oxiriga yetkazdi. Qurilish ishlarni yakunlashdagi bosh usta Usta Ovul edi. Tarixshunoslar majmua qurilishini shunday talqin qiladilar; majmua qurilishining boshlanishida xondan ruxsat olinmagan. Xon esa qurilishni toʻxtatgan. Muhammad Rahimxon II davrida qurilish qayta boshlangan ammo mablagʻ yetishmovchiligi uchun u 2 ta pudratchiga pul yigʻishni va qurilishni yakunlashni buyuradi. Bikanjon-bika majmuasining qurilish ishlarini Muhammad Rahimxon II ning singlisi Bikanjon Bika yakuniga yetirgani uchun majmuani uning nomi bilan ataydilar.

Majmua tuzulishi



Bikanjon-Bika majmuasi 3 ta binodan tashkil topgan. Bular: madrasa, minora, masjid hisoblanadi.

Meʼmorchiligi



Bino kirish qismida 4 metrlik minora boʻlib, majmua toʻrtburchak shaklda qurilgan. Majmua shimol tomonga qarab qurilgandir. Bikanjon-Bika majmuasiga kirish gumbazli qatorlar orqali oʻtuvchi yoʻlak uch gumbazli ayvondan boshlangan. Darsxona toʻsin bilan qoplangan boʻlsa, masjid sfrerasimon gumbaz bilan oʻralgandir. Shuningdek majmuada madrasa ham bor. Madrasaning oʻlchami 32/32 oʻchamda qilingan boʻlib, minora balandligi 18 metrni tashkil etadi. Maqbar 6.2 metrga 6.2 metrda qurilgan boʻlsa, hujralarning oʻlchami 4/4 metrni tashkil qilgan. Madrasaning kirish qismida 3-gumbazli ayvon bor. Majmuadagi masjid sferasimon gumbazlar bilan oʻralgan boʻlsa, darsxonalar toʻsinlar bilan oʻralgan. Darsxona hujralari toʻrtburchak shaklida qurilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz