BIJOPUR
BIJOPUR — Hindistondagi o’rta asr davlati. Uning asoschisi baxmaniylar noibi Yusuf Odilxon bo’lib, u 1489 yil o’zini mustaqil deb e’lon qilgan va odilshohlar sulolasini boshlab bergan. Shivaji rahbarligidagi marathalar qo’zg’oloni va Boburiylar bilan bo’lgan urushlar Bijanaklarni zaiflashtirgan. 1686 yil Boburiylar davlati tomonidan bo’ysundirilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz