BIJESHU MARIYA LUKYANOVNA



BIJESHU MARIYA LUKYANOVNA (1934.5.5, Moldova, Suvorov tumani, Volontirovka qishlog’i) — Moldova opera xonandasi (lirikdramatik soprano). 1961 yildan Moldova opera va balet teatri yakkaxon xonandasi. Repertuaridan Tatyana (“Yevgeniy Onegin”), Aida, Toska, Liza (“Pikovaya dama”), Nedda (“Payaslar”), Chiochiosan (“Madam baterflyay”) va boshqa opera partiyalari o’rin olgan. Moldova konservatoriyasining professori (1986 yildan). “Chiochiosan” partiyasining “Eng yaxshi ijrochisi” xalqaro tanlovining 1-darajali mukofoti sovrindori (1967, Yaponiya).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz