Bignoniaceae




Bignoniyadoshlar (Bignoniaceae) — ikki pallali oʻsimliklar oilasi. B.ga daraxt, buta, chirmovuq, baʼzan oʻtlar kiradi. Barglari qaramaqarshi, baʼzan navbatlashib joylashgan. Gullari ikki jinsli, yirik, zigomorf, roʻvaksimon toʻpgullarga yigʻilgan. Mevasi har xil shaklli koʻsakcha. 120 tacha turkumi va 800 tacha turi maʼlum. Asosan, tropik va subtropik mamlakatlarda oʻsadi. Uzoq Sharq va Markaziy Osiyoda bir qancha turi yovvoyi holda oʻsadi. Katalpa degan turlari manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Baʼzi turlaridan qimmatbaho yogʻoch olinadi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz