BIGIZTUMSHUQ
BIGIZTUMSHUQ (Troglodytes troglodytes) — bigiztumshuqlar oilasiga mansub qush. Eng kichik qushlardan biri, tanasining uzunligi 9-11 santimetr, qanotlari yoyilganda 15 — 16 santimetr, og’irligi 9 — 11 gramm. Pati qo’ng’ir jigarrang tusda. Dumi kalta, tumshug’i ingichka, uzun va to’g’ri, oyoqlari nisbatan uzun va baquvvat. Kalta dumi yuqoriga tik ko’tarilib turadi. O’zbekistonning tog’oldi hududlarida uya quradi, uchib o’tish davrida pasttekisliklarda ham uchraydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz