Big




Jaz orkestri , big - bend (ing . big band — katta orkestr) — jaz va estrada musiqasi anʼanalaridagi orkestr. 1930y.lari Amerika va Yevropada tashkil topgan. Toʻliq tarkibi 3—4 saksofon, 3 truba, 3 trombon hamda ritmguruhi (urma sozlar, fortepiano, gitaralar, tuba va b.)dan iborat. Big-bendga torli sozlar guruhi (skripka, alt, violonchellar) qoʻshilishi natijasida katta J. o. (simfojaz) karor topadi. Asarlarining kompozitor yoki aranjirovkami tomonidan oldindan tayyorlanganligi, yakka sozlarning navbatma-navbat ijro etayotgan badiha (improvizatsiya) epizodlari bilan jamoaviy badihagoʻylikka asoslangan diksilend hamda ilk jaz ansambllarining ijodidan farq qiladi (yana q. Estrada orkestri).

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz