BIDUN
BIDUN — Buxoroni idora qilgan buxorxudotlardan biri (7-asrning 60 — 70-yillari). Buxoro arki va shahar atrofidagi devorlarni qayta tiklatgan. Rivoyatlarga ko’ra, Bidun binokorning nomini temir taxtaga o’yib yozdirib, uni saroy darvozasiga qoqib qo’yishni buyurgan. Yana o’sha rivoyatga ko’ra, saroy tez orada qulab tushgan va uni qayta tiklashga har qancha urinilgan bo’lsa ham, lekin binoni qurib bitkaza olmaganlar. Shundan so’ng Bidun olimlarni to’plab, ularning maslahati bilan saroy (KOH)ni yetti og’ayni yulduzi shaklida yetti tosh ustunli qilib, yana yangidan qurgan. Bu safar saroy binosi mustahkam o’rnashib, uzoq vaqt turib qolgan. Ubaydulloh ibn ziyod boshliq Arab qo’shinlari Buxoroga hujum qilishi (673 yil)dan sal oldin vafot etgan. Ad.: Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz