BIDSTRUP (Bidstrup) Xerluf (1912.10.9, Berlin — 1988.26.12) — daniyalik karikaturachi rassom. Kopengagen Bada tahsil ko’rgan (1931 — 35). Maishiy mavzudagi satirik va yumoristik rasmlar, 1940 yildan siyosiy karikaturalar muallifi. Turkum rasmlari Daniya va chet mamlakatlarda (jumladan rus tilida) alohida albom tarzida bir necha marta nashr etilgan. Chet mamlakatlarga qilgan safarlari asosida rasmlar turkumini yaratgan. Jumladan, O’zbekiston (Samarqand va Buxoro yodgorliklari)ga oid varaqalar, Toshkent zilzilasiga bag’ishlangan rasmlari bor.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish