BIDL



BIDL (Beadle) Jorj Uels (1903 1989) — amerikalik genetik. Tsitologiya va genetika, shuningdek metabolizmning genetik nazorati, irsiyatning fizik va kimyoviy asoslari sohasida tadqiqotlar olib borgan, genlarning tabiati va funktsiyalarini har tomonlama o’rgangan. “Bir gen — bir ferment” kontsepsiyasining mualliflaridan biri (har bir gen faqat bitta ferment sinteziga javob beradi, 1941). Nobel mukofoti laureati (1958; E. Teytem bilan hamkorlikda).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz