BIDIYORSHUM TO’DASI



BIDIYORSHUM TO’DASI — 18-asr oxiri — 19-asrning 1-yarmida Qo’qonda ijod qilgan o’zbek professional aktyorlar uyushmasi (“Kasabai sozanda”), korfarmoni — Bidiyorshum. Bidiyorshum to’dasi Xudoyberdi ustoz, Rustam Hofiz, Boymat Hofiz, Abdurahmonpari, A’zamxonqiziq, Zokir eshon singari qiziqchi aktyorlar, sozanda, Hofiz, raqqoslardan iborat bo’lib, ular saroy oldidagi maydonda, shahar Chorsusida va sayilgohlarda tomosha ko’rsatgan. Bidiyorshum to’dasining repertuari, asosan, hajviya, askiya, musiqa, ashula va raqslardan iborat bo’lgan. O’zbek aktyorlik hamda dramatik teatr san’ati estetikasi, tartib va qoidalarini takomillashtirishda muhim rol o’ynagan. Aktyorlarning nutq talaffuziga katta e’tibor berilgan. Ad.: Rahmonov M., O’zbek teatri tarixi, T., 1968.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz