BID’AT
BID’AT (Arabcha — yangilik kiritmoq, yangitdan yaratmoq) — noma’qul yangilik; din aqidalariga xilof yangilik. Dastlab xalifa Usmon (hukmronlik yillari 644-656)dan norozi odamlar, asosan shialar va xorijiylar uni Muhammad (sav) so’zlari va amallariga zid yangiliklar kiritganlikda, Bid’atda ayblaganlar. Keyinroq Islom dunyosida diniy-g’oyaviy ixtiloflar va bahslar avj olgan paytda Bid’at tushunchasi “Noto’g’ri yoki xato tasavvur”, “Yanglish fikr” degan ma’nolarni kasb etdi. Bid’atga nimani kiritishning aniq chegarasi bo’lmagan. Muayyan amal bir fiqhiy mazhab vakillari tomonidan “Nojoyiz yangilik”, ya’ni Islom ahkomlariga xilof ish deb baholansa, boshqa mazhab tarafdorlari uni Qur’on va sunnaga muvofiq keladigan “Haq yo’l” deb bilganlar. Bu xildagi bahslar hamon uchrab turadi. Aytaylik, Imom A’zam mazhabiga ko’ra, ota-bobolar mozorlarini ziyorat kilish, olamdan o’tgan ajdodlar ruhi poklariga duoi fotiha savob ish sanaladi va shunga rioya qilib kelinadi. Ammo anbaliya mazhabining vaxxobiylik oqimi vakillari bularni asossiz ravishda Bid’at deb hisoblaydilar. Shundan foydalanib odamlarni yo’ldan urmoqchi, jamiyatda beqarorlik vujudga keltirmoqchi bo’ladilar. Bid’at bema’ni ran, safsata ma’nolarini ham anglatgan. Adabiyotda Bid’at — xurofot, uydirma ma’nolarida keng ishlatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz