Bibury qishlog'i




Bibury – Angliyaning g’arbiy-markaziy qismida, Kotsvoldning ohaktoshli mintaqasida, Koln daryosida joylashgan ertaknamo qishloq. Bibury qishlog’i Kotsuold markazi Sayrensister shahridan bir necha mil uzoqlikda joylashgan.

Tarixi




Qirol Vilgilm topshirigʻiga koʻra, 1086-yilda Angliya va Uyelsning ayrim hududlarida olib borilgan tergov-surushtiruv hisobotlarini jamlagan "Qoʻrqinchli sud" ("Domesday book") kitobida Bibury Beshebury deb nomlanganligini koʻramiz. Ushbu kitobda Bibury hududidagi yerlar va cherkovlar Vesterda joylashgan Avliyo Mariya manasteriga tegishli ekanligi yozilgan. Keyinchalik bu yerlar Oksforddan uncha uzoq boʻlmagan Osney abbatligi ixtiyoriga oʻtkazilgan. Abbatlar bu yerlarni 1540 yillargacha idora qilishgan.

XIX asr oxirida Jorj Vitts Bibury, yaʼni uning taʼrifi bilan aytganda, Rim villasining kashfiyoti haqida shunday keltiradi: "1880-yilda Sayrensesterdan taxminan 10 km shimoli-sharqda joylashgan Bibery cherkovida tasodifan Rim villasiga oʻxshash qishloq topildi. Bu yerda Rim kulolchilik namunalari, tangalari, mozaika shaklida qurilgan yoʻlaklar aniqlangan. Ammo bu borada hali hech qanday tadqiqot oʻtkazilmagani uchun binoning tavsifini keltirishning iloji yoʻq".

Arlington Rou ko’chasida joylashgan, XIV asrga oid mahalliy toshlardan qurilgan sarg’ish kottedjlar Biburyning o’ziga xos asriy qiyofasini yaratadi. Qishloqning diqqatga sazovor joylaridan yana biri – saksonlarning Avliyo Mariya cherkovi bo’lib, u haqida XII asr qo’lyozmalarida ma’lumotlar keltirilgan. Shu bilan birga, 1902-yilda baliqchilar firmasiga ham asos solingan.

Oʻziga xosligi




Biburidagi har bir uy tarixiy yodgorlik kabi qimmatli. Kotsuol ahli bugungi zamonaviy g’ishtli uylarni tan olmaydi. Aholining ishlatadigan qurilish materiali mahalliy qobiqli tosh sanaladi. Vaqt ta’sirida eskirgan uy yoxud devorlarni xuddi shunday yangi toshlar bilan ta’mirlashadi. Eng muhimi, bu yerdagi uylarga mexanik ishlov berilmaydi, balki qo’l mehnati bilan ta’mirlanadi.

Bu yerda, ikkita qishloq qarama – qarshi joylashgan. Koln daryosining bir tomonida Arlington va boshqa tomonida Bibury.

Diqqatga sazovor joylari




Biberydagi eng katta inshoot 1633-yilda yakoben uslubida qurilgan Bibury sudi binosidir. Bu I darajali arxitektura yodgorligi sifatida roʻyxatga olingan bino yaqin-yaqingacha mehmonxona edi. Mehmonxona hozirda butunlay yopilgan va uning kelajagi nomaʼlum. 1590-yilda qurilgan Potlickers Lanedagi Ablington Manor ham I darajali arxitektura yodgorligi sifatida roʻyxatga olingan binodir.

Biburyda bir nechta filmlar suratga olingan, masalan, “Bridjit Jonsning kundaligi” va Agata Kristi hikoyalari asosida “Miss Marpl” haqidagi filmlar va boshqalar.

Arlington Rouning jozibador kottejlari 1380-yilda monastirlarning jun doʻkoni sifatida qurilgan. XVII asrda u toʻquvchilar uchun moʻljallangan kottejlarga aylantirilgan.

Qishloqni mashhur qilgan joylardan yana biri hudud markazida joylashkan “The Swan” nomli mehmonxonadir. Mehmonxona britaniyalik kelin-kuyovlar, ularning oila a’zolari, sayyohlar va fotosuratchilarning sevimli maskaniga aylangan.

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz