Bibisora Matjonova
Bibisora Oʻrinboyevna Matjonova (1950.14.1, Xoʻjayli shahri) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Voronej pedagogika institutini tugatgan (1973). 1973-yildan Xujayli shahridagi 6-, 1983-yildan Taxiatosh shahridagi 6maktabda rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi. 1998-yildan Taxiatosh shahri xalq taʼlimi boʻlimi huzuridagi oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazi rahbari. Pedagogik faoliyati davomida oʻqitishning noanʼanaviy usullarini qoʻlladi, oʻkuvchilarni yuksak axloqiyestetik ruhda tarbiyalashga intildi.
Manbalar
uz.wikipedia.org